Obameyyang: "So'nggi yillarda "Arsenal"da pasayish kuzatildi"

Aslanov Jasurbek
24 may 2018, 16:55
"Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyyang Arsen Venger iste'fosi va Unai Emerining bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi.

"Murabbiy almashishi g'alati tuyg'uga sabab bo'lmoqda. Bir tomondan, Vengerning ketishi - muxlislar uchun noodatiy hol. Biroq bu yangi start.

Keling o'zimizni aldamaylik, so'nggi yillarda "Arsenal"da pasayish kuzatildi. Hamma kelasi mavsum nima bo'lishini o'ylamoqda.

Klubda 22 yil ishlagan murabbiy jamoani tark etdi. Biroq bu hayot - oldinga qarash lozim" - deydi Obameyyang.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal