Obameyyang 150 ming funtga yangi superkar sotib oldi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
26 sen 2017, 12:28
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang yangi avtomobil sotib oldi.

Gabonlik futbolchi "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvidan oldin "Instagram"dagi sahifasida yangi avtosi - Lamborghini Murcielago suratini joyladi. Ushbu avtomobilning narxi 150 ming funt (170,5 ming evro).

"Borussiya" hamda "Real" o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia