Obameyang yomon xulqi sabab "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvida ishtirok etmagani ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2021, 23:40
Bu haqida jamoa murabbiyi ma'lum qildi.

"Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang APL 16-turidan o'rin olgan "Sautgempton"ga qarshi uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmadi. 

Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu holatga izoh berdi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi jamoaning ichki tartib-intizom qoidalarini buzgan.

"Bizning jamoada bazi narsalar muhokama qilinmaydi. Biz bu holatga to'xtalmaymiz. Bu oddiy masala emas. Biz bunday masuliyatsizlik jamoa sardori bilan yuz berishini xohlamaymiz", -deydi Mikel Arteta.

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi jamoaning juma kungi mashg'ulotlariga kelmagani haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports