Obameyang, Marez va Yaya Ture Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogar

Narzulla Saydullayev
13 noya 2016, 13:21
BBC talqiniga ko'ra 2016 yil Afrika qitasining eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ro'yxati ma'lum bo'ldi.
Ushbu sovringa Borussiya hujumchisi Per-Emerik Obameyang (Gabon), Vest Xem vakili Andre Ayyu (Gana), Lester yarim himoyachisi Riyad Marez (Jazoir), Liverpul vakili Sado Mane (Senegal) va Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Ture (Kot-d’Ivuar) da'vogarlik qilishmoqda.

G'olib BBC saytidagi 28 noyabrga qadar davom etadigan so'rovnomada aniqlanadi. Yakuniy natija 12 dekabr kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com