OAV: Salah do'stlariga "Real"ga o'tishni xohlayotganini aytdi

Alisher
21 dek 2020, 15:10
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah "Real"ga o'tishni xohlaydi.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda. Uning so'zlariga ko'ra, misrlik o'yinchi do'stlariga xohishi haqida aytgan.

Muhammad Salahga "Real"dan tashqari PSJ va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" esa yetakchilaridan birini yaxshigina pulga sotishi mumkin.

28 yoshli Salahning "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum klublar miqyosidagi barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.

→ "Salah "Real" va "Barsa"da o'ynaganida "Oltin to'p"ni olardi. U "Liverpul"da baxtli emas". Misr terma jamoasi sobiq o'yinchisi forvard haqida

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur