OAV: Ikardi tizzasidagi og'riq sabab "Inter" bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortdi

Tolibjon Qosimov
5 mar 2019, 13:13
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi klub tibbiy shtabiga va bosh murabbiy Luchano Spallettiga tizzasidagi og'riq sabab jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazishni istamayotganini bildirdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, argentinalik dushanba kuni alohida shug'ullangan va fizioterapevtik mashqlarni bajargan.

"Inter"dagilar vaziyatni izohlashni istashmagan. Bugun Ikardi Spalletti bilan uchrashuv o'tkazadi, unda yangi shartnoma borasida suhbatlashish rejalashtirilmagan.


Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2021 yilning yozigacha amalda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.sky.it