

O'zbekiston professional futbol ligasining Superliga o'yinlariga kirish huquqini beruvchi akkreditatsiyasiga ega bo'lgan jurnalistlar Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun akkreditatsiyaga hujjat topshirishlari shart emas. Ular O'zbekiston – Suriya uchrashuvidan oldin tashkil qilinadigan matbuot anjumanida PFL akkreditatsiyasini ko'rsatgan holda o'rtoqlik o'yinlari uchun chiqarilgan akkreditatsiyani olishlari mumkin.
PFL akkreditatsiyasiga ega bo'lmagan, ammo o'rtoqlik uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o'z tashkilotlari nomidan rasmiy blankadagi xatni va jurnalistlar ro'yxatini 1 sentyabr kuniga qadar O'FA matbuot xizmati elektron pochtasiga (info@ufa.uz) jo'natishlari talab etiladi.
Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eronga qarshi o'ynaydi.



