

DIF endi "Al Ittihod", "Al Nassr", "Al Hilol" va "Al Ahli" klublarining egasi hisoblanadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati e'lon qildi. Ushbu fond 2022 yilning boshida "Nyukasl"ni sotib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, DIF egalik qiladigan "Al Nassr"da jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu to'p tepadi. Fond egalik qiladigan yana bir klub tez orada Karim Benzema bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.




