"Nyukasl" Villian, Kavani va Mertensga qiziqmoqda. Yangi xo'jayinlar ularning agenti bilan ham bog'langan

Alisher
23 apr 2020, 14:05
"Nyukasl"ning saudiyalik bo'lajak xo'jayinlari tarkibni kuchaytirishni xohlashmoqda.

Ular "Chelsi" yarim himoyachisi Villian, PSJ forvardi Edinson Kavani va "Napoli" hujumchisi Dris Mertenslarga qiziqish bildirishmoqda.

Har uchchala o'yinchi ham yozda erkin agentga aylanadi. Bundan tashqari, Grizmann, Koutino va Vidallar ham ingliz klubi tarkibini kuchaytirishi mumkin.

Klubning bo'lajak egalari futbolchilarning agentlari bilan ham aloqaga chiqishgan.

Saudiyaliklar bosh murabbiylikka Benites, Pochettino, Allegri va Favrlarning nomzodini ham ko'rib chiqishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN