“Nyukasl” MYU bilan o'yin haqida: “Juda xafamiz”

Eldor Akmurzayev
28 dek 2021, 09:45
APL 19-turidan o'rin olgan MYUga qarshi bahsdan (1:1) keyin “Nyukasl” ustozi Eddi Xau o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Natijadan juda ham xafamiz. “Nyukasl” g'alaba qozonishi shart edi. Jamoa o'z rejasini mukammal bajardi va durangdan ham ko'prog'iga haqli edi.

Bahs oxirlarida De Xea Almironning zarbasini qanday qaytarganini bilmayman. Bu aqlga sig'maydigan holat. Nima bo'lganda ham bugun qayta qurilayotgan “Nyukasl”ni ko'rdik. Har bir o'yinni shu darajada o'tkazishni istaymiz, ochko to'plashda davom etishimiz lozim”, deydi Xau.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports