Nyukasl – Manchester Siti. Aguero APLdagi 100-golini urdi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2016
Manchester Siti hujumchisi Serxio Aguero Nyukaslga qarshi o'yinda (1:1) gol urdi.

Bu gol Argentinalik futbolchi uchun Angliya premer-ligasidagi 100-gol bo'ldi.

Bu natijaga erishish uchun Agueroga 147ta o'yin etarli bo'ldi. Siti hujumchisi bu borada faqat Alan Shiryerdan ortda qolmoqda (124ta o'yin).

27 yoshli argentinalik futbolchi Sitiga 2011 yil iyul oyida o'tgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com