"Nyukasl" Isakni jarimaga tortadi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2025
"Nyukasl" rahbariyati shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isakka o'tkazib yuborilgan o'yinlar uchun jarima belgilaydi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "hakkalar" hali jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortayotgan 25 yoshli shvetsiyalik futbolchini jarimaga tortmagan. Isak "Nyukasl"ning uchrashuvlarini o'tkazib yubora boshlasa, jarima solinadi. Eddi Xau jamoasining APL yangi mavsumidagi ilk o'yini 16 avgust kuni bo'lib o'tadi. "Hakkalar" "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi va bu o'yinda Isak o'ynamaydi. 

Eslatib o'tamiz, Aleksander Isak uni yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga qo'yib yubormagan "Nyukasl" sharafini himoya qilishdan bosh tortmoqda. Ayni damda ekspertlar shvetsiyalik hujumchining transfer qiymatini 120 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail