"Nyukasl" endi Koutinoga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
27 may 2020, 22:23
"Nyukasl" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni jamoaga taklif qilmoqchi.

El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Nyukasl" rahbariyati allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaraga kirishgan.

"Barselona"ga tegishli bo'lgan 26 yoshli xavbek ushbu mavsumda "Bavariya"da ijara asosida o'ynayapti.

"Barselona" ushbu yozda tarkibni kuchaytirish va moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish uchun braziliyalikni sotishi kerak.

"Nyukasl" yaqin orada Saudiya Arabistonilik investorlarga sotilishi va katta transfer byudjetiga ega bo'lishi kutilmoqda. Jamoani Maurisio Pochettino yoki Rafael Benites boshqarishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo