"Nyukasl" Dembelening agenti bilan bog'landi

Alisher
23 dek 2021, 14:40
"Nyukasl" "Barselona" hujumchisi Usmon Dembelening vakillari bilan aloqaga chiqdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Angliya klubi 24 yoshli fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda, ammo o'yinchining o'zi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

"Barselona" yaqin kunlarda futbolchining yangi shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishmoqchi, o'yinchi bilan ishlashga kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi qiziqmoqda.

Dembele 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano