"Nyukasl" darvozaboni: "Men unday odam emasman"

Aslanov Jasurbek
6 may 2019
"Nyukasl Yunayted" darvozaboni Martin Dubravka "Liverpul"ga qarshi bahsda Muhammad Saloh bilan bo'lgan to'qnashuv haqida aytib berdi.

"Unga qo'lim bilan zarba bermadim. Avvaliga Salohni kim jarohatlaganini tushunmadim. Ammo uning oldiga kelib kechirim so'radim. Jarohat etkazish niyatim yo'q edi, unday odam emasman. Afsusdaman, ammo bor e'tiborim to'pga qaratilgandi. Bazida atrofingizdagi voqealarni nazorat qila olmaysiz.

Saloh javob berdimi? Ha, u nimadir dedi. Muhammad bir qancha vaqt xushsiz yotdi. O'sha paytda qo'rqib ketdik. Biroq bir daqiqadan so'ng u javob berdim. U sog' ekanligidan xursandman" - deydi Dubravka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Gazette