"Nurafshon" "Andijon"ga to'rtta gol urdi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018, 23:12
Bugun Chirchiqdagi "Kimyogar" stadionida sinov-nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Pro-liga B guruhining peshqadami "Nurafshon" A guruhida yetakchilardan biri bo'lib turgan "Andijon" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

O'yinda 4:2 hisobida poytaxt viloyati vakillari g'olib bo'lishdi.

"Nurafshon" - "Andijon" 4:2

Hakamlar: Asker Najafaliev, Shoxruh Maqsudov, Oybek Umarov.

Gollar: Azamat Roziqov, Rixsixo'ja Ahmadxo'jaev, Azamat Aydarov (dubl) - Sunnat Ermatov, Shaxboz Jumaboev.

"Nurafshon" (1-bo'lim): Ravshanbek Yagudin, Abbos Isroilov, Jasur Rahimov, Obid Hakimov, Muhammadodil Qahramonov, Murod Rajabov, Dilshod Fayziev, Murodjon To'ychiboev, Ruslan Vagapov, Ruslan Veklich, Farruh Shotursunov.

(2-bo'lim): Ravshanbek Yagudin (Azizbek Mahmudov), Abdug'ani Kamolov, Ruslan Vagapov, Nurjas Qambarov, Abdumurod Ismoilov, Husan Hasanov, Timur Miftaxutdinov (Hasan Hasanov), Azamat Roziqov, Orifjon Hakimjonov, Asqar Jadigerov, Azamat Aydarov, Rixsixo'ja Ahmadxo'jaev.

Ogohlantirish: Asqar Jadigerov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нурафшон" ПФК матбуот хизмати