Nozim Mullaoxunov: "Zamonaviy futbolda natija birinchi o'rinda turibdi"

Narzulla Saydullayev
10 apr 2015, 12:15
"UzDongJu" - "NBU-Osiyo" (1:0) uchrashuvidan mezbonlar ustozi Nozim Mullaoxunov o'z fikrlarini bildirdi.
Nozim Mullaoxunov (UzDongJu bosh murabbiyi): - “Nbu-Osiyo” bizni yaxshi o'rganib chiqqani ma'lum edi. Biz ham o'yin davomida "bankirlar"ga munosib qarshilik ko'rsatishga erishdik deb o'ylayman. Shogirdlarimga hech qanday etirozlarim yo'q. Ular bugun g'alaba uchun astoydil ter to'kishdi. O'yin davomida jarohat olib maydonni tark etgan ikki o'yinchimiz Akmal Jo'raboev va Bekzod G'oziev o'yinimizga ta’sir qildi deb o'ylayman. Ular keyingi turlarda safga qaytishadi deb umid qilaman.   

- Hozirgi kunda zamonaviy futbolda natija birinchi o'rinda turibdi. Biz bugungi o'yinda o'zimiz uchun kerakli natijaga erishdik deb o'ylayman.  

- Jamoamiz doimo yuqori marralarni zabt etishni maqsad qiladi. Klubimiz rahbariyati buning uchun bizga etarli sharoitlarni yaratib berishyapti. Biz bunday e'tibor uchun g'alaba qozonishga harakat qilyapmiz.

Komiljon Ikromov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia