Noyer: "Qiyin o'yinlarda ham g'alabalarga erisha olishimizni ko'rsatdik"

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 12:29
"Bavariya" posboni Manuel Noyer Bundesliganing 31-turi doirasida Menxengladbaxning "Borussiya"si ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Kubok o'yiniga o'xshadi. Teng o'yin surati bo'la turib, g'alabaga erishsak, bu boshqa g'alabalardan ko'ra totliroq bo'ladi. Barcha bizning qiyin o'yinlarda ham qiyin g'alabaga erisha olishimizni ko'rdi. Taktika nuqtayi nazaridan bugun biz boshqacharoq o'yin ko'rsatdik, har doimgidan ko'ra kamroq to'pga egalik qildik va asosan markazda pressing uyushtirdik. Gladbaxning darvozamizga yaqin o'ynashi ham rejamizda bor edi", - dedi posbon.

"Bavariya"ning navbatdagi o'yini 16 iyun kuni "Verder"ga qarshi bo'lib o'tadi. Agarda myunxenliklar ushbu bahsda g'alabaga erishishsa, muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal