Noyer "Arsenal"ga qarshi CHL 1/8 final javob uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 19:43
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Arsenal"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvida ishtirok etmasligi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Noyerning mushaklarida muammo chiqqan.

Oldinroq "Bavariya" mashg'ulot o'tkazdi, ammo 30 yoshli posbon qumda individual programma asosida ishladi. Agar Noyer maydonga tushmaydigan bo'lsa, uning o'rnini Sven Ulrayx egallaydi.

"Bavariya" hamda "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv 5:1 hisobida yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals