Noyer: “3:3 hisobi o'yin darvozabonlar uchun yaxshi o'tmaganini bildiradi”

14 okt 2020, 09:48
Germaniya terma jamoasi posboni Shveytsariyaga qarshi bahsdan (3:3) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Agar o'yin 3:3 hisobida yakuniga etgan bo'lsa, demak, ikkala jamoa darvozabonlar uchun ham yaxshi o'tmagan bo'ladi. Germaniya o'yinni yaxshi boshlay olmadi. Ammo keyin o'yinni nazorat qilib, o'yinimiz sifatini oshira oldik. Bugun ham ijobiy jihatlar bo'ldi. Jumladan, biz Ukrainani yutgandik, Ispaniya esa ularga yutqazdi. Shunday ekan, biz hamon bu guruhda g'olib bo'lishimiz mumkin”, - deydi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Manba: Kicker