Noxush xabar. "Fiorentina"da 6 kishi koronavirus bilan kasallandi, ulardan 3 nafari futbolchi

Sherzod Nurmatov
7 may 2020, 23:26
"Fiorentina" klubi koronavirus infekciyasining oltita yangi holati haqida xabar berdi.

Uch futbolchida test ijobiy natija bergan, yana uch nafar klub xodimida ham COVID-19 aniqlangan. Lekin ularning ismlari oshkor etilmayapti.

Virusga chalinganlar izolyaciyaga olinadi, jamoaning qolgan o'yinchilari barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ertaga individual mashg'ulotlarga kirishadilar.

Eslatib o'tamiz, aprel oyida "Fiorentina"ning uch futbolchisi(rasmda) - Xerman Peccelya, Dushan Vlaxovich va Patrik Kutrone koronavirusdan tuzalishgandi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: it.violachannel.tv