Norchaev yakka tartibdagi mashg'ulotlarga kirishdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024
"Neftchi" klubi hujumchisi Husayn Norchaev jarohat sabab jamoasiga yordam bera olmayotgan edi.

Farg'onaning "Neftchi" klubi hujumchisi Husayn Norchaevning jarohatdan tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. 

22 yoshli forvard yakka tartibdagi mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. Hozirda Husayn zalda va maydonda yakka tartibda mashqlarni bajarmoqda. 


Foto: "Neftchi" matbuot xizmati



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia