No'mon Hasanov "Paxtakor" bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2016, 14:06
"Eshitdik-da" ruknida "Paxtakor" ustozi No'mon Hasanovni "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qilib olishi haqida xabar bergan edik.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, No'mon Nurmatovich poytaxtliklar bilan xayrlashgan. Murabbiylik faoliyatini "Paxtakor"-2 jamoasida boshlab, keyinchalik asosiy tarkibga o'tgan mutaxassis, 2015 yil O'zbekiston chempioni unvonini qo'lga kiritgan edi.

"Neftchi" bilan o'yindan so'ng o'z istagi bilan ariza yozgan qo'qonlik mutaxassisga, "Qo'qon-1912" rahbariyati og'iz solgan. Katta extimol bilan, keyingi turda "Qo'qon-1912" jamoasini aynan Hasanov bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia