No'mon Hasanov Mirjalol Qosimovning natijasini takrorladi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2015, 10:00
Kecha "Paxtakor" klubi o'z tarixida 11-marta O'zbekiston chempioni degan nomni qo'lga kiritdi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov murabbiy sifatida ilk bor O'zbekiston chempioni bo'ldi. Hasanov futbolchi sifatida "Paxtakor", MHSK va "Do'stlik" klublari bilan birga mamlakat chempionligini qo'lga kiritgandi.

Shunday qilib, No'mon Hasanov ham futbolchi, ham murabbiy sifatida O'zbekiston chempioni bo'lib Mirjalol Qosimovning natijasini takrorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia