Noyerning omadli harakati tufayli Boateng ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2015, 10:42
Nemis futbol ittifoqi (DFB) hakami Xans Lorenc "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengning diskvalifikaciyasi ikki o'yingacha kamaytirilganiga izoh berdi.

Lorencning so'zlari ko'pchilikka g'alati tuyuldi.

"Agar "Shalke-04" futbolchisi penaltidan gol urganida, Boateng bir uchrashuvga chetlatilar edi" - deydi Lorenc.

Demak, uning so'zlariga ko'ra, Boateng "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning omadli harakatlari tufayli ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Eslatib o'tamiz, "Shalke-04" Germaniya chempionatining 19-tur uchrashuvida "Bavariya" mehmoni bo'ldi. Boateng raqib yarim himoyachisi Sidney Semga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Futbolchi avvaliga uchta uchrashuvga chetlatilgan edi. O'yin 1:1 hisobida yakunlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com