Nodir Ibragimov: "Penalti belgilanguniga qadar hammasi joyida ketayotgandi"

Narzulla Saydullayev
27 apr 2016, 15:58
O'zbekiston Birinchiligining 5-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv "Cementchi" - "Oq-tepa" (3:0) bahsidan keyin mehmonlar a'zosi Nodir Ibragimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Qaysidir manoda uchrashuvni yomon o'tkazganimiz yo'q. Ayniqsa, darvozamiz tomon penalti belgilanguniga qadar hammasi joyida ketayotgandi. Biroq shundan keyin vaziyat biz uchun salbiy tomonga o'zgarib ketdi. Penaltidan gol o'tkazdik. Ortidan ikkinchi bo'limda yana ikki marta o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. "Cementchi" haqida iliq fikrlarni bildirish mumkin, biroq biz ham yomon o'ynamagandik. Aytish mumkinki, maydonning sifati ham o'yinimizga ta’sir qildi. Bizni yanada muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Nasib qilsa, yo'qotgan ochkolarimizning o'rnini keyingi turlarda to'ldiramiz, - deydi Ibragimov.

"Oq-tepa" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia