Nobel Arustamyan: “Mourinyo JCH vaqtida TVda ekspertlik qiladi”

15 fev 2018, 22:46
Rossiyalik sharhlovchi Nobel Arustamyanning aytishicha, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Jahon chempionati vaqtida Rossiya telekanallaridan birida ekspertlik qiladi.

“Hozirda butun futbol jamoatchiligining e'tibori Rossiyaga qaratilgan. JCH-2018 bahslari boshlanishiga oz fursat qolmoqda. Mana “MYU” bosh murabbiyi afsonaviy Joze Mourinyo ham Moskvaga keladi va Rossiya telekanllaridan birida ekspertlik qiladi (afsuski, telekanal nomini hozircha yoza olmayman). 

Albatta, u butun turnir davomida emas, ma'lum muddatga shu vazifani bajaradi. Bu muhim holat. O'ylaymanki, ushbu anana JCH vaqtida boshqa jahon futboli yulduzlari tomnidan ham davom ettiriladi”, deydi Arustamyan o'zining Telegramdagi kanalida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Нобель Арустамяннинг Телеграм канали