Nizomiddin Ziyovutdinov "Turon"dan ketdi

Iskandarov Abdulaziz
18 dek 2022
Superligaga chiqqan Yaypanning "Turon" jamoasi tarkibida o'zgarishlar boshlanganidan xabaringiz bor.

Bu mavsumda ijara asosida "Turon"da to'p tepgan darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinov klub bilan xayrlashdi. Shuningdek futbolchining qonunan tegishli jamoasi AGMK bilan ham shartnomasi yakunlandi. 

Ma'lumot uchun, kiper bu mavsum Pro ligada 19ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7ta bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia