Nikolo Skira: "Yuventus" va "Jenoa" o'yinchi almashtirishga tayyorlanishmoqda"

Alisher
7 yanv 2021, 16:54
"Yuventus" "Jenoa"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Nikolo Rovellani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Turinliklar bitim dorasida jamoa yarim himoyachisi Manolo Portanovani Genuya klubiga berishga tayyorlar.

Bu haqda Nikolo Skira xabar tarqatmoqda. Klublar barcha shartlarni kelishib olishdi, transfer tez orada rasman e'lon qilinadi.

Qayd etish kerakki, Rovella 2022 yilning yozida "Yuve" safiga borib qo'shiladi, unga qadar esa "Jenoa"da o'ynaydi.

Rovella joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 9ta o'yin, Portanova esa 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira