Nikolas: "Agar "Arsenal" Vengerga o'rinbosar izlayotgan bo'lsa, Rojersga e'tibor qaratishi kerak"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017, 18:45
"Seltik" va "Arsenal" sobiq futbolchisi Charli Nikolasning fikricha, "keltlar" ustozi Brendan Rojers "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger uchun munosib o'rinbosar.

"Agar "Arsenal" Venger o'rnini egallaydiganlar uchun ro'yxat tuzayotgan bo'lsa, Rojers short-listga kiritilishi kerak. Brendanning "Liverpuli" "Arsenal" uslubiga o'xshash o'yin ko'rsatgan. O'shanda Rojers APL g'olibiga aylanishiga yaqin qolgan edi.

Uning "Seltik"dagi ishlari yaxshi: Ikkita sovrin qo'lga kiritildi, tez orada uchinchisi bo'ladi. Rojers - yaxshi murabbiy" - deydi Nikolas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports