Nikola Lazarevich: "Bugun o'z vaziyatlarimizdan unumli foydalandik"

Administrator
19 avg 2022, 00:47
Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" (4:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Murabbiyning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Birinchi navbatda "Dinamo" jamoasiga rahmat demoqchiman. O'yinga tayyorgarlik payti "Dinamo"ning "So'g'diyona"ga qarshi o'yinini qayta tomosha qildik. Biz raqibni yaxshi analiz qildik. Bugun o'z vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. O'ylashimcha, biz yanada qo'proq vaziyatlardan foydalanishimiz mumkin edi. O'yinchilarim o'yin oxiriga qadar tartib namoyish qilishdi. 

- "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda jamoa 5-3-2 sxemasida harakat qildi. Umuman bu taktikada jamoa unchalik ham yaxshi o'ynolmayotgandi. So'nggi o'yinlarda esa "Qizilqum" 4-3-3 sxemasida harakat qilayapti va natija yaxshi tomonga o'zgaryapti. Bu haqida qanday fikrdasiz?

- Ha, biz raqiblarga qarshi juda jiddiy tayyorlangandik. Biz hozirda 4-3-3 sxemada o'ynay olamiz. Sababi, tarkibimizga bir necha yangi o'yinchilar qo'shildi. Boshida esa biz 5-3-2 sxemasida o'ynayotgandik. Biz boshqa taktikalarda ham o'ynay olishimizni sinab ko'rmoqchimiz. Bir narsani takidlash lozimki, o'ynaydigan taktik sxemamiz albatta raqibdan kelib chiqib tanlanadi. Bugun "Dinamo"ga qarshi barchasi o'xshadi. "Lokomotiv"ga qarshi esa sxemamiz boshqacha bo'lgandi. Yana qaytaraman, barchasi bo'lajak raqibga qarab tanlanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia