Niko Uilyams "Barselona"da qancha maosh olishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2024, 15:29
"Atletik" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Nikolas Uilyams "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

Kataloniyaliklar futbolchi uchun tovon puli to'laydi.

Uilyamsning "Barselona"dagi maoshi yiliga 12 mln evroni tashkil qiladi. Shu tariqa u yarim himoyachi Frenki de Yong (yiliga 37,5 mln evro) boshchiligidagi eng ko'p maosh oluvchi "ko'k-anorranglilar" futbolchilari ro'yxatida ettinchi o'rinni egallaydi. "Atletik"da Uilyams yiliga 10,4 mln evro ishlab topgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal