Niko Uilyams APL grandiga o'tishi mumkin

Alisher
11 fev 2024
"Chelsi" "Atletik" (Bilbao) hujumchisi Niko Uilyamsga qiziqmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Chelsi" Uilyams nomzodini o'rganish uchun bir necha bor o'z skautlarini yuborgan. Shunga qaramay, "aristokratlar" transfer bo'yicha hech qanday harakat qilmadi.

21 yoshli Uilyams joriy mavsum La Liga doirasida 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano