Niko Kovach: "Koutino – jahon darajasidagi futbolchi va juda kamtar yigit"

22 avg 2019, 21:00
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Filippe Koutino "Shalke"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlamasligini ta'kidladi.

"Koutino hali ko'p mashg'ulotlarda qatnashgani yo'q. Filippe o'zining salohiyatidan to'liq foydalanashi uchun formasini tiklab olishigi istaymiz va tavakkal qilib o'tirmaymiz. U jahon darajasidagi futbolchi va juda kamtar yigit. Biz uni jamoaga qo'shishni istaymiz".

Perishich balki "Shalke"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. U boshqa o'yinchilarimiz bilan bir xil vaqtla tayyorgarlikni boshladi. U Fillipega nisbatan ancha erta jamoa safiga kelib qo'shildi", - deydi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.com