Nike Grinvud bilan hamkorlikni bekor qildi

Оқил Абдубарноев
7 fev 2022, 22:02
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Grinvudga homiylik qilayotgan Nike kompaniyasi futbolchi bilan hamkorlikni tugatganini e'lon qildi.

"Meyson Grinvud endilikda Nike bilan hamkorlik qiladigan sportchi emas", - dedi sport kiyimi va poyabzal ishlab chiqaruvchi firma vakili.

Eslatib o'tamiz, futbolchi jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, xibsga olingan va keyinroq garov evaziga ozodlikka chiqqandi.

Shunga qaramay, u "Manchester Yunayted" mashg'ulotlaridan ham chetlatildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic