Nigeriya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisi yurak xurujiga uchradi

Alisher
22 iyun 2019, 10:37
"Bordo" va Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Samuel Kalu terma jamoa mashg'ulotlari paytida yurak xurujiga uchradi.

U yaqinroqdagi shifoxonaga yuborildi. Voqea Misrning Aleksandriya shahrida bo'lib o'tdi.

- Samuel Kaluning ahvoli barqarorlashdi. Shifoxonada tekshiruvdan o'tdi va u hozir yaxshi holatda. Futbolchi bundan buyog'iga ko'p miqdorda suyuqlik ichishi kerak. Voqeaga ham aslida suvsizlik sabab bo'lganligi aytilmoqda, - deydi Nigeriya futbol federatsiyasi matbuot kotibi Ademola Olaire.

Nigeriya bugun Afrika Millatlar Kubogidagi ishtirokini Burundi bilan bo'ladigan o'yin bilan boshlaydi. Kalu yakunlangan mavsum 32ta o'yin o'tkazib, 4ta gol va 4ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Today's Echo