Niderlandiya terma jamoasi virus tufayli besh nafar futbolchisini yo'qotdi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2023, 22:47
Niderlandiya terma jamoasi Evro-2024 saralash bosqichi oldidan tarkib bilan bog'liq muammolarga duch keldi.

Besh nafar futbolchi virus yuqtirib oldi va bo'lajak uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi. Kodi Gakpo, Matiys de Ligt, Sven Botman, Joui Veerman va Bart Verbruggen bo'lajak o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya juma kuni Fransiyaga, dushanba kuni esa Gibraltarga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo