
O'yin boshlanishidan taxminan bir soat oldin maydonga yig'ilgan “Sent-Eten” klubi muxlislari o'rindiqlarni sindirib, raqib muxlislariga uloqtirishgan. Oradan oz muddat o'tib tartibsizlikni bostirish uchun policiya yetib kelgan. Ular mehmon muxlislarni maydondan olib chiqib ketyotgan paytda esa, ikkala tomon muxlislari to'qnashib ketishgan. Tartibsizliklar oqibatida 9 nafar kishi engil jarohat olgan va 200 ta o'rindiq sindirib tashlangan.