"Nicca" "Barselona" futbolchisini xarid qiladi

Alisher
22 may 2021, 11:56
"Nicca"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todiboning Fransiya klubiga to'laqonli asosda o'tish ehtimoli bor.

Kataloniyaliklar 21 yoshli fransiyalik futbolchining sotuvidan 8 million evro miqdorida mablag' olishmoqchi.

Todibo mavsumning ilk qismini ijara asosida "Benfika"da o'tkazdi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RomainCG75