"Nicca" "Barselona" futbolchisini ijaraga oldi

Alisher
2 fev 2021
"Nicca" "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todiboni ijaraga oldi.

Kataloniyaliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ijara joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Fransiya klubi o'yinchini 8,5 million evro evaziga xarid qilishi, yana 7 million bonus sifatida to'lashi mumkin.

21 yoshli fransiyalik futbolchi mavsumning birinchi qismini "Benfika"da ijarada o'tkazdi va 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Todibo "Barselona"ga 2019 yilning yanvarida "Tuluza"dan 1 million evro evaziga o'tgan. Himoyachining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona