Neymarning otasi: "Real"? Hozircha yo'q, ammo..."

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017
Neymarning otasi o'g'lining "Real"ga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Oldinroq, madridliklar braziliyalikni PSJdan Krishtianu Ronaldu o'rniga xarid qilishi e'lon qilingan edi.

"O'zgarishlar juda tez bo'ladi. Bugun bunday fikr yo'q, ammo 5-6 yildan so'ng nima bo'lishini ayta olmayman. Uning PSJ bilan uzoq muddatlik shartnomasi bor. U klubga kelganiga bor-yo'g'i 3 oy bo'ldi, biz esa yangi transfer haqida gapiryapmiz. Bunday savollarga javob berish qiyin.

Neymar Yevropani tark etish haqida o'ylamayapti. Maqsadimiz - Yevropada o'ynashni davom ettirish. Bir necha yildan so'ng u "Palmeyras", "Flamengo" yoki "Santos"ga yo'l olishi mumkin, ammo hozircha bularning barchasi mish-mish" - deydi Neymarning otasi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS