Neymarning otasi PSJga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2019
Neymarning otasi o'g'li qachon PSJning mavsumoldi mashg'ulotlariga borib qo'shilishini aytdi.

Gap shundaki, parijliklar 27 yoshli forvardning belgilangan vaqtda yig'inda qatnashmagani uchun unga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy chora ko'rishi ma'lum qilgandi.

Neymarning nega ko'rinish bermaganini bilishadi. Barchasi o'tgan yili o'glimning Instituto Neymar Jr. (xayriya fondi) loyihasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi. Biz tadbirni qoldira olmasdik va shu sababdan u PSJga 15 iyulda qaytadi. Hech qanday drama yo'q, hammasi oddiy. PSJ esa baridan xabardor va ular o'glimning tadbirida ishtirok etadi, – deya qayd etgan Neymar da Silva.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AFP