Neymarning otasi o'g'lining kelajagiga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
25 mar 2019, 19:30
PSJ hujumchisi Neymarning otasi va agenti Neymar da Silva Santos o'g'lining kelajagiga oydinlik kiritdi.

Oldinroq braziliyalik futbolchi "Real" yoki "Barselona"ga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Neymar PSJda endi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Uning shartnomasi yakunlanishiga 3 yil bor. Va biz buni uzaytirish borasida ishlayapmiz.

O'g'limning nomi 17 yoshidan buyon barcha jamoalarning nomidan tushmaydi. U o'z hayoti davomida ikki martagina jamoasini o'zgartirdi. So'nggi 10 yil davomida u haqida ko'plab mish-mishlar tarqaldi. U katta ehtimol bilan PSJni tark etmaydi", - dedi Neymar da Silva Santos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal