Neymarning otasi: "O'g'lim hali uzoq vaqt "Barselona"da o'ynaydi"
Aslanov Jasurbek
18 sen 2015, 11:10
"Barselona" hujumchisi Neymar uzoq vaqt o'z klubi sharafini himoya qiladi.
Bu haqda futbolchining otasi ma'lum qildi.
"Odamlar tinchlanishlari mumkin. Neymar "Barselona"da qoladi. Bu borada "Barselona" bilan kelishishimizga hojat yo'q, chunki Neymarning amaldagi shartnomasi hali yana uch yil amalda" - deydi Neymar.