Neymarning agenti futbolchining kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
18 noya 2024, 08:17
Al Hilol futbolchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi braziliyalikning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Neymarning Al Hiloldan ketishi haqida hech qanday muzokaralar olib borilmadi. Uning saudiyaliklar bilan shartnomasi bor va u bu yerda baxtli. Neymarning kelajagi borasida men va uning otasi aniq ma'lumotga ega insonlarmiz. Uning Santosga o'tishi haqida gap-so'zlar qayerdan chiqqanini bilmayman. Nemyar Al Hilolda qoladi, - deb fikr bildirdi Zaxavi.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2023 yilning yozida Al Hilolga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com