Neymarning agenti 5 top-klub bilan muzokara o'tkazgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 12:12
PSJ hujumchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi mijozining jamoasini o'zgartirish niyatida bo'lib turibdi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining vakili Yevropaning 5 top-jamoasi bilan muzokaralar o'tkazgan. "Barselona", "Real", "Bavariya", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kabi klublar 27 yoshli Neymarga da'vogarlik qilishgan.

Neymar ushbu yozda jamoadan ketishni istayotganini aytgandi. Hozirda unga asosiy da'vogar "Barselona" turibdi. Ammo kataloniyaliklarda uni sotib olish uchun mablag' mavjud emas.

Vingerning transfer narxi 180 million evroga baholanmoqda. Ammo parijliklar transfyerdan kamida 200 million evro ishlab olishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo