Neymar Tuxeldan ruxsat olmasdan turib, terma jamoa safiga kyetib qoldi

Alisher
24 may 2019, 12:36
Neymar PSJning oxirgi mashg'ulotini o'tkazib yubordi va jamoaning "Reyms"ga qarshi so'nggi bahsida ishtirok etmaydi.

Forvard keyingi oy bo'lib o'tadigan Amerika Kubogi uchun Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olgan.

Shuning uchun u jamoaning chempionlik tantanalaridan so'ng jamoadan ketishga qaror qilgan.

"Neymarni terma jamoa safiga qo'yib yubordimmi? Men qo'yib yubormadim va bu mening qarorim emas", - deydi PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien