Neymar "Real"ga o'tadimi? Tyago Silva bu haqda fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2018, 12:23
PSJ himoyachisi Tyago Silvaning so'zlariga ko'ra, jamoadoshi va hamyurti Neymarning kelajakda "Real"ga o'tishi haqida hech narsa bilmaydi.

Neymar joriy mavsum oldidan "Barselona" klubini tark etib, parijliklar safiga o'tgan edi, biroq OAVning ma'lum qilishicha, u yozda Madrid klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Bilmayman. Neymarning o'rniga bir nima deya olmayman. Matbuotdagi bazi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini bilaman. Biroq qaysidirlari haqiqat. Hech narsa deya olmayman. Neymar biz bilan qolishiga umid qilaman, oldimizda ko'plab ishlar bor. U bizga katta yordam berishga ulgurdi, Neymar tufayli yanada mashhurroq jamoaga aylandik" - deydi Tyago Silva.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+