

Bu Qatarda amalga oshishi kutilayotgan edi, biroq ma'lumot rad etildi. Tibbiy ko'rik hafta oxirigacha Parij shahrida bo'ladi, 7 avgust kuni esa braziliyalik shartnoma imzolaydi.
Nemyar hozircha Xitoyda bo'lib turibdi, 3 avgust kuni "Barselona" futbolchini o'z tarkibida kutmoqda. Oldinroq "Barselona" Yevropa top-klublarini PSJga qarshi birlashishga chaqirayotgani e'lon qilingan edi.
Shu bilan birga futbolchi PSJga o'tganidan so'ng, Qatar Sports Investments kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va 5 yil ichida 300 mln. evroga ega bo'ladi.



