Neymar qachon jamoa mashg'ulotlarini boshlashi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
2 apr 2019, 23:34
PSJ hujumchisi Neymar 3-aprel kuni jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shiladi.

Bu haqda klubning twitter ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi xabar bergan.

Braziliyalik futbolchi 23-yanvar sanasida Fransiya kubogi doirasidagi 1/16 final “Strasburg”ga qarshi kechgan (2:0) bahsda oyog'idan jarohat olgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi chorshanba kungi mashg'ulotlarda qatnashish bilan birgalikda bir nechta tibbiy testlardan ham o'tadi.

Neymar joriy mavsum 20ta uchrashuvda qatnashib, o'z hisobiga 23ta gol va 11ta golli uzatmani yozib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/psg_inside